Allamjonov aybdor

на главную

Жанры

Поделиться:
Шрифт:

So‘zboshi

Bu kitob nega kerak?

Kitob yozishdan maqsad uchta bo‘lishi mumkin. Bundan ikkisi menga taalluqli emas.

Birinchisi – pul ishlash. Menda bunday zarurat yo‘q.

Ikkinchisi – qanchalik zo‘r ekanimni butun dunyoga namoyish etish. Lekin o‘zimizda ham, chet elda ham ko‘pchilik meni taniydi, borimcha biladi. Shunday ekan, hech kimni alday olmayman.

Va nihoyat, uchinchi sabab – o‘zim istagan insonlarga – o‘n beshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, atrof-olamga qarab turib:

«Bu yog‘iga nima qilsam ekan? Kun sayin o‘zgarib borayotgan jamiyatda qanday yashab ketaman? Orqamda turib beradigan, qo‘llaydigan odamim bo‘lmasa ham yuzaga chiqa olarmikinman, kimga kerakman o‘zi? Orzularim ushalarmikin?» deb o‘ylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarni yetkazish.

Sizga o‘zim haqimda, qanday qilib oyoqqa turganim, hozirgi darajaga yetishimga nimalar turtki bo‘lgani haqida gapirib bermoqchiman. Hech narsani nazardan qochirmaslikka harakat qilaman.

Bu kitobni yozishga kirishguncha o‘zimni juda omadli deb hisoblardim. Butun umr omad kulib boqqandek tuyulardi. Mana hozir ham, shinamgina uyimda, oilam davrasida o‘tirib yozyapman. Muvaffaqiyatli biznesim, qiziqarli loyihalarim bor. Peshonaning yarqiragani shu emasmi?!

Lekin boshimdan o‘tgan voqealarni birma-bir eslab, omadim chopgan paytdan ko‘ra ishim yurishmagan vaqtlar ko‘proq bo‘lganini tushundim. Bitta muvaffaqiyatga erishish uchun shunchalik ko‘p muammoga duch kelgan ekanmanki, buni yuz foiz omad deb ham bo‘lmaydi.

Bilasizmi, onam – doya-hamshira. Doyalarga alohida imtiyozlar berilmagan. Bittagina kafolatlangan qulaylik – farzandlarini o‘zi ishlaydigan tug‘ruqxonada, ishonchli shifokorlar qo‘lida, hamkasb do‘stlari orasida dunyoga keltirish. Xullas, men tug‘iladigan paytim shuyam o‘xshamagan, onamning ishxonasi sanitariya-dezinfeksiya ishlariga – «moyka»ga yopilib qolgan.

I

Vazir keldi

Go‘dakligimda kattalarning oyog‘i ostida o‘ralashib, injiqlik yoki sho‘xlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qo‘yinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr bo‘ladi», – derdilar.

U vazir bo‘ladi.

Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikricha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr bo‘lolmasdi. Avtoslesar bilan hamshiraning o‘g‘li bir kun kelib obro‘-e’tiborli, katta odam bo‘lishini xayolga ham keltirish qiyin edi.

Oyimni savolga tutaman. Ular ham buvim nega bunday deganlarini bilmaydilar.

Mana endi, oradan o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt o‘tib, O‘zMAA1 binosining xolida turibman. Ministr bo‘lib. O‘zbekiston Мatbuot va axborot agentligining direktori maqomiga ko‘ra vazir hisoblanadi. Kattagina binoning birinchi qavati. Devor, shiftlari to‘kilay deydi, pollari chirib yotibdi, hamma yoq vayrona, chiqindi. Hatto vazirning, ya’ni mening xonamdan kanalizatsiyaning badbo‘y hidi anqiydi. Stalin davridan qolgan bu eski imorat oxirgi marta qachon ta’mirlanganini birov eslolmaydi.

Binodagi besh yuzdan ortiq xonaning deyarli hammasini ijarachilar egallab olgan. Xotin-qizlar qo‘mitasi, qaysidir partiyalar, qandaydir nashriyotlar, tadbirkorlar va yana kimlardir. Ichki hovlida mashinalar tiqilib ketgan. Hech kim menga ahamiyat bermaydi, odamlarning unisi u yoqqa, bunisi bu yoqqa o‘tib yuribdi. Ikkinchi qavatning chap qanotidagi kaftdek joy – mana shu O‘zMAA.

Meni jamoaga tanishtirish uchun Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov keldi. Tanishtirdi-yu jo‘nab ketdi. Majlislar zaliga tipografiyalarning yoshi o‘tib qolgan direktorlari, boshqarma boshliqlari yig‘ilgan. Har biri bu tizimda salkam yarim asr – Sovet Ittifoqi davridan beri ishlab keladi. O‘sha lahzada menga bo‘lgan munosabatni aniq his qildim: go‘yo xonaga yosh bola adashib kirib qolgan-u, buvisi mehr bilan:

«Bolamni urishmanglar, u vazir bo‘ladi», deyayotgandek. Xonadagilar menga parvo qilmay, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Eshikdan kirib kelgan yoshgina ko‘zoynakli yigitchaga e’tibor qaratgandan ko‘ra, yonidagi obro‘li hamkasbining suhbati muhimroq ular uchun.

Maosh tarqatish vaqti kelib qolgan, O‘zMAA hisob raqamida esa 18 million so‘m pul bor edi. Bosh buxgalterni chaqirtirdim. Nima qilamiz? Pul qani? Qanday ishlardinglar o‘zi?

– Xavotir olmang, Komil Ismoilovich, tipografiyalar bizga oborotidan 2% o‘tkazsa, maoshni yopamiz.

Bu haqda to‘liqroq ma’lumot berishni so‘rab, o‘zim uchun qiziq narsalarni bilib oldim. To‘g‘ri, tizimdagi hamma tashkilotlar O‘zMAAga bo‘ysunadi. Ya’ni mantiqan olganda, ular bosh idoraga gap-so‘zsiz mablag‘ o‘tkazishi shart. Ammo hech qachon bunday bo‘lmagan. Bosh hisobchi har oy xodimlarga maosh to‘lash vaqti kelganda: «Iltimos, bizga mablag‘ o‘tkazib bering», – deb yalinishga tushadi. Va har gal: «Imkon tug‘ilsa, beramiz. Bo‘lganda olasizlar», – degan kibrli javobni eshitadi.

– Komil Ismoilovich, ularni ko‘ndiraman, shu paytgacha amallab kelganmiz, – dedi hisobchi meni «yupatib».

Demak, beshta nashriyot: «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», «G‘afur G‘ulom», «Cho‘lpon» va «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» oldin o‘zini taroziga soladi. Oxiri rahbariyatning iltimosini bajargan bo‘lib, pul o‘tkazadi, xuddi ehson qilgandek.

– Unaqasi ketmaydi, – dedim.

– Iya, Komil Ismoilovich, sohaning kitlari-ku ular! Qo‘ying, aralashmang, o‘zim hal qilaman.

Bosh hisobchi yillar davomida quyi tashkilotlardan tilanib pul undirishni oddiy hol deb kelgan. U o‘zicha meni bu yoqimsiz jarayondan asramoqchi bo‘ldi.

Men O‘zMAAga bo‘ysunadigan barcha tashkilotlar rahbarlarini katta umumiy majlisga chaqirtirdim. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori o‘sha zahoti ishi ko‘pligi, kelishga vaqti yo‘qligini aytdi. «Qarshi bo‘lmasangiz, keyin o‘zingizga alohida uchrarman, maylimi, Komiljon?»

Men belgilangan vaqtda keldim. Vazir kursisiga o‘tirdim. Odamlar xonaga kirib chiqib, u yoqdan bu yoqqa yurishibdi. Meni bir tiyinga olishmayapti, xuddi bu yerda umuman yo‘qdekman. Indamay, sabr qilib turdim. Oxiri chidolmadim:

Книги из серии:

Без серии

[5.0 рейтинг книги]
Комментарии:
Популярные книги

Год 1942 — «учебный»

Бешанов Владимир Васильевич
Документальная литература:
биографии и мемуары
6.20
рейтинг книги
Год 1942 — «учебный»

Звёздный Рон

RedDetonator
4. Отчаянный бедолага Рон
Фантастика:
боевая фантастика
5.00
рейтинг книги
Звёздный Рон

Маленькая женщина Большого

Зайцева Мария
5. Наша
Любовные романы:
эро литература
современные любовные романы
5.40
рейтинг книги
Маленькая женщина Большого

После нас - хоть потом

Лукина Любовь Александровна
Фантастика:
фэнтези
научная фантастика
7.43
рейтинг книги
После нас - хоть потом

"Фантастика 2024-147".Компиляция. Книги 1-28

Погуляй Юрий Александрович
Фантастика 2024. Компиляция
Фантастика:
фэнтези
боевая фантастика
попаданцы
альтернативная история
аниме
5.00
рейтинг книги
Фантастика 2024-147.Компиляция. Книги 1-28

Полное собрание сочинений в одной книге

Зощенко Михаил Михайлович
Проза:
классическая проза
русская классическая проза
советская классическая проза
6.25
рейтинг книги
Полное собрание сочинений в одной книге

Тезей (другой вариант перевода)

Рено Мэри
Тесей
Научно-образовательная:
история
8.00
рейтинг книги
Тезей (другой вариант перевода)

Записки брюнетки

Голубицкая Жанна
Проза:
современная проза
4.25
рейтинг книги
Записки брюнетки

Николай II (Том II)

Сахаров Андрей Николаевич
21. Романовы. Династия в романах
Проза:
историческая проза
5.20
рейтинг книги
Николай II (Том II)

Женское здоровье. Большая медицинская энциклопедия

Коллектив авторов
Справочная литература:
энциклопедии
6.25
рейтинг книги
Женское здоровье. Большая медицинская энциклопедия

История как проблема логики. Часть первая. Материалы

Шпет Густав Густавович
Российские Пропилеи
Научно-образовательная:
история
философия
культурология
5.00
рейтинг книги
История как проблема логики. Часть первая. Материалы

"Фантастика 2025-70". Компиляция. Книги 1-31

Волков Николай Владимирович
Фантастика 2025. Компиляция
Фантастика:
боевая фантастика
попаданцы
фэнтези
5.00
рейтинг книги
Фантастика 2025-70. Компиляция. Книги 1-31

Айрин

Даниэль Зеа Рэй
3. Дети Амира
Фантастика:
космическая фантастика
9.29
рейтинг книги
Айрин

Художники

Дангулов Савва Артемьевич
Документальная литература:
биографии и мемуары
публицистика
5.00
рейтинг книги
Художники
Спасибо за голос.